Узбек O'zbek
«Shalke-04»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Juma, 10 May
1705

«Haddersfild Taun» sobiq bosh murabbiyi David Vagner «Shalke-04» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Gelzenkirxen klubi rasmiy saytiga ko‘ra, nemis mutaxassisi mavsum yakunida jamoani qabul qilib oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma uch yil muddatga mo‘ljallangan.

Qayd etish kerak, Vagner uchun «Shalke-04» begona klub emas. U 1995-1997 yillarda futbolchi sifatida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

49 yoshli murabbiy 2019 yil yanvarida «Haddersfild»dan iste’foga chiqarilgan, u bu klubni 2015 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. U bundan avval to‘rt yilga yaqin «Borussiya Dortmund»ning o‘rinbosarlar jamoasiga ustozlik qilgan.

Ma’lumot uchun, «Shalke» Bundesligada 32-turdan so‘ng 15-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz