Узбек O'zbek
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati start oldi
Juma, 10 May
2403

Slovakiyada xokkey bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

O‘yinlar 10-26 may kunlari Bratislava va Koshitse shaharlarida o‘tkaziladi. Musobaqada 16 milliy jamoa 2 guruhga ajratilgan holda ishtirok etmoqda. A guruhida Kanada, AQSH, Germaniya, Finlyandiya, Slovakiya, Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya milliy jamoalari, V guruhida Shvetsiya, Rossiya, Chexiya, Shveysariya, Norvegiya, Latviya, Avstriya, Italiya milliy jamoalari pley-offning 4ta yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Dastlabki turda Rossiya xokkeychilari Norvegiyani 5:2 hisobida, Finlyandiya esa Kanadani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Xokkey, Jahon chempionati, 1-tur 
10 may

A guruhi
Finlyandiya – Kanada – 3:1 (1:1, 1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 6 Kakko (Ilomyaki, Manninen) 
1:1 – 8 Marshesso (Teodor, Stoun) 
2:1 – 42 Ilomyaki (Lextonen, Rayala) 
3:1 – 59 Kakko 

V guruhi
Rossiya – Norvegiya – 5:2 (2:0, 2:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 8 Dadonov (Kucherov, Malkin) 
2:0 – 14 Anisimov (Orlov, Grigorenko) 
3:0 – 28 Kucherov (Sergachev) 
4:0 – 29 Dadonov (Gusev, Malkin) 
5:0 – 41 Gusev (Xafizullin, Kucherov) 
5:1 – 56 Valkvaye Ulsen (Reyshenberg) 
5:2 – 57 Xules (Martinsen)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz