Узбек O'zbek
O‘zbekiston U16 jamoasi Osiyo chempionati saralashidagi raqiblarini bilib oldi
Payshanba, 09 May
1947

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarorgohida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati saralashiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U16 jamoasi V guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o‘smirlari bilan kurashadigan bo‘ldi.

Osiyo chempionati U16 saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 11ta guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va 2-o‘rinni egallagan 4ta eng yaxshi jamoa 2020 yilda Singapurda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz