Узбек O'zbek
OFK sayti Sergeyevni Masharipov bilan adashtirib yubordi
Payshanba, 09 May
3811

OFK rasmiy sayti Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi. Nomzodlar qatorida Xalk, Juliano, Kim Dae Von, Akrom Afif, Yuki Muto, Shinzo Koroki va Fahad bin Jumayyalar qatorida «Paxtakor» futbolchisi Igor Sergeyev ham bor edi.

Ammo OFK sayti Jaloliddin Masharipov hamda Igor Sergeyevni adashtirib yubordi. Nomzodlarning suratlari ko‘rsatilgan qatorda Sergeyevning rasmi turibdi, lekin ism va ko‘rsatkichlar qatorida Jaloliddin Masharipovga tegishli ma’lumotlar berilgan.

Sergeyev «Persepolis»ga qarshi o‘yinda yagona golni urganini inobatga olsak, OFK katta ehtimol bilan aynan Igorni hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida ko‘rsatgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz