Узбек O'zbek
Konte yangi klubi bilan kelishuvga erishishga yaqin
Payshanba, 09 May
7681

Italiya milliy jamoasi va «Yuventus», «Chelsi» klublarining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte yozda A Seriyaga qaytishi kutilmoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, Konte «Inter» bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi. «Neradzurri» u bilan to‘la kelishib olmagunga qadar amaldagi bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan shartnomani bekor qilmoqchi emas.

Shuningdek, tayinlov haqida 30 iyundan keyingina e’lon qilinishi aytilmoqda.

Avvalroq Antonio Kontening xizmatlariga «Yuventus», «Milan» va «Roma» klublari ham befarq emasligi xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz