Узбек O'zbek
Sud Kokorin va Mamayev ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Chorshanba, 08 May
8975

Bugun, 8 may kuni Moskvada «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasovitskiy ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi.

Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasovitskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.

Ayblanuvchilar 2018 yil oktyabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglashtirilgani hisobiga Mamayev va Protasovitskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka chiqishadi.

Jinoiy ish figurantlari 2018 yil 8 oktyabr tongida Moskva markazida ro‘y bergan ikkita mushtlashuvda ishtirok etishgan, hodisa oqibatida haydovchi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi bosh direktori Sergey Gaysin jarohat olishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz