Узбек O'zbek
«Lokomotiv» Osiyo Chempionlar Ligasida guruhdan chiqolmadi
Chorshanba, 08 May
4417

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 5-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.   

V guruhida «Lokomotiv» safarda «Al-Vahda» bilan bellashdi va 1:3 hisobida yutqazdi.

47-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan aniq zarba yo‘llab hisobni ochgan edi. Biroq, «temiryo‘lchilar» g‘alabani ushlab qola olishmadi. 60-daqiqada «Al-Vahda» hujumchisining zarbasidan so‘ng, to‘p Yelichga tegib «Lokomotiv» darvozasidan joy oldi. 77-daqiqada Leonardo penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xalil yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv»ning guruhdan chiqolmasligi aniq bo‘ldi.

OCHL, guruh bosqichi, 5-tur
8 may

Al-Vahda (BAA) – Lokomotiv (O‘zbekiston) 3:1

Gollar: Yelich (60 avtogol), Leonardo (77 pen), Xalil (90+2) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (47)

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust