Узбек O'zbek
Bartomeu: «Kamp Nou»da Messining o‘nta haykalini o‘rnatamiz»
Dushanba, 06 May
3018

Lionel Messi faoliyatiga yakun yasagach, «Barselona» «Kamp Nou» stadionida uning ko‘plab haykallarini o‘rnatishi mumkin. Klub prezidenti Jozep Mariya Bartomeu «The Observer» bilan suhbatda shu haqda hazil aralash gapirib o‘tdi.

Hozirda «Kamp Nou»da «Barsa» ramzi sanaluvchi Ladislav Kubalaning bitta haykali bor. Bartomeu yaqin yillarda rekonstruksiya qilinib, yangi qiyofa kasb etadigan stadionda Kubala kabi Messining ham haykali bo‘ladimi, degan savolga: «Uning 10ta haykali bo‘ladi», deb javob qaytardi.

«Men unga hatto «Oltin to‘p»ni ham berib o‘tirmasdim. U bunday darajadan o‘tib ketib bo‘lgan, uning o‘zigagina xos klassi bor. Buyuk futbolchilar ko‘p, lekin Messi alohida pog‘onada turadi», – deb qo‘shimcha qildi «Barselona» prezidenti.

Bartomeu: «Messining faoliyati yakunlanishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz