Узбек O'zbek
Manchini: «Italiyada Klopp va Pochettinoni allaqachon «o‘ldirib» yuborgan bo‘lishardi»
Juma, 03 May
7489

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini italyan klublarini murabbiylardan darhol natija talab qilishda aybladi va o‘z fikrini quvvatlash uchun «Liverpul» hamda «Tottenhem» kabi klublarni misol qilib keltirdi.

«Italiyada hech kim sabr qila olmaydi. Yurgen Klopp qo‘l ostidagi «Liverpul» va Maurisio Pochettinoning «Tottenhem»iga qarang. Bu jamoalar ingliz futbolining yetakchilariga aylanishdi. Tomoshabop o‘yin ko‘rsatishyapti, mavsumdan mavsumga o‘sib borishmoqda. Lekin hali sovrin yutishganicha yo‘q.

Angliyada muvaffaqiyat vaqt talab qiladi, murabbiyga xotirjam ishlash imkonini berish kerak, deb ishonishadi. Italiyada bo‘lsa, Klopp va Pochettinoni allaqachon «o‘ldirib» yuborgan bo‘lishardi», – degan Manchinining so‘zlarin keltirmoqda Tutti Convocati.

«Birortayam sovrinsiz 3,5 yil ishlasa-yu, unga hamon ishonishsa». Mourino Gvardiola va Kloppga havasi kelayotganini aytdi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz