Узбек O'zbek
Argentinada Superkubok sohibi aniqlandi
Juma, 03 May
1431

Argentinada Superkubok bahsi o‘tkazildi. 

Unda «Boka Xuniors» va «Rosario Sentral» klublari bellashdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida «Boka» 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 1-marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

Qayd qilish joizki, mezbonlar tarkibida 35 yoshli Karlos Teves 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning faoliyatidagi 27-sovrin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha argentinalik futbolchi faqat Lionel Messidan ortda bormoqda.

Argentina Superkubogi
3 may, Buenos-Ayres
«Boka Xuniors» - «Rosario Sentral» - 0:0 (pen 6:5)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz