Узбек O'zbek
Neymar Braziliya milliy jamoasi sardorlik bog‘ichidan mahrum etilishi mumkin
Seshanba, 30 Aprel
3258

«PSJ» hujumchisi Neymar «Renn»ga qarshi kechgan Fransiya kubogi final o‘yinidan keyingi harakatlari uchun Braziliya milliy jamoasidan chetlatilishi mumkin. U yakshanba kuni Parijdagi «Stad de Frans» stadionida o‘zini tanqid qilgan muxlislardan biriga musht tushirgandi.

Super.FC xabariga ko‘ra, uning o‘zini bunday noprofessional tarzda tutishi Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Titega ma’qul kelmasligi ehtimol. Ushbu mutaxassis avvalroq muxlisga qarata tuflagani uchun «Yuventus» vingeri Duglas Kostani milliy jamoaga chaqirmay qo‘ygan edi.

Qolaversa, Neymar «pentakampeonlar» sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Ertaga,  1 may kuni Fransiya professional futbol ligasi Intizom qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha qaror chiqaradi. Neymar 8tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-raqam egasi Braziliyada soliq idoralari bilan muammosi borligi, shu bois samolyoti va vertolyotidan ayrilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz