Узбек O'zbek
«Napoli»ning ilk yozgi transferi ma’lum bo‘ldi
Seshanba, 30 Aprel
2967

«Fiorentina»ning markaziy yarimhimoyachisi Jordan Veretu yozda «Napoli»ga o‘tadi.

Fransiyalik futbolchi 5 yillik shartnomani imzolaydi va unga ko‘ra yiliga 1,9 million yevro miqdorida maosh oladi. Il Mattino xabariga ko‘ra, uning transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

26 yoshli Veretu 2017 yildan beri «Fiorentina» sharafini himoya qilmoqda. 

Bu mavsumda futbolchi «binafshalar» tarkibida barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan. Avvalroq u «Aston Villa», «Nant» va «Sent-Eten» klublarida o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz