Узбек O'zbek
Firmino va Saloh «Barselona» bilan o‘yin oldidan safga qaytdi
Seshanba, 30 Aprel
3268

«Liverpul» hujumchilari Roberto Firmino va Muhammad Saloh YeCHL yarim finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi ilk o‘yinda qatnasha olishlari mumkin.

Hujum chizig‘ining har ikkala vakili ham bugungi mashg‘ulotlarda qatnashib, jamoa bilan barobar shug‘ullangan.

27 yoshli braziliyalik kichik jarohati tufayli APLning 36-turida «Haddersfild» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Kecha esa Saloh «Barsa»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik vaqtida shikastlangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona»-«Liverpul» uchrashuvi ertaga, 1 may kuni Toshkent vaqti bilan payshanbaga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz