Узбек O'zbek
Muhammad Saloh «Barselona» bilan o‘yindan oldingi mashg‘ulotda jarohat oldi
Dushanba, 29 Aprel
10790

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda jarohat oldi. Bu haqda bir qator ingliz nashrlari yozmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Saloh oyog‘ining son qismidagi og‘riq sabab mashg‘ulotlarni davom ettira olmagan.

«Liverpul» 1 may, chorshanba kuni Kataloniyada «Barselona»ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o‘yinini o‘tkazadi. Javob bahsi esa 7 may kuni Angliyada o‘tkaziladi. «Liverpul» hozircha Salohning jarohati haqida ma’lumot bergani yo‘q. Misrlik futbolchi o‘tgan yilgi musobaqani ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan, lekin «Real»ga qarshi finalda jarohat olib maydonni tark etgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz