Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayev 5 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin
Shanba, 27 Aprel
2136

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev ishida qatnashayotgan advokat Vyacheslav Barik sud jarayoni qanday yakunlanishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Prokuror o‘zini qanday tutayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, u ko‘p yillik qamoq jazosini so‘rashi mumkin. Gap 5 yil haqida ketyapti.

Menimcha, ularning jinoyati noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinmoqda. Bu yerda bezorilik jinoyati sodir bo‘lmagan. Qonunga ko‘ra, bir joyda o‘tirib, qattiq baqirish, so‘kinish jinoyat emas», - deb Barik so‘zlarini keltirmoqda RT.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edilar. Keyinchalik, tergov ishlari yakunlanmagani uchun hibs muddati 3 marta - 8 fevralga, 8 aprelga va 25 sentyabrga qadar uzaytirilgan edi.

Dastlabki sud mahkamasida futbolchilar o‘z aybini qisman tan olishdi.

Xususan, Kokorin bezorilik qilmaganini, Minpromtorg mulozimi Denis Pakni urganini, ammo haydovchi Vitaliy Solovchukka qo‘l tekkizmaganini aytgan. Mamayev ham bezorilik qilmaganini, Denis Pak va «NAMI» mulozimi Sergey Gaysinni urmaganini, ammo Vitaliy Solovchukka musht tushirganini tan olgan.

Ularga nisbatan jinoyat ishi «bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik harakatini amalga oshirish» va «tan jarohati yetkazish» moddalari bo‘yicha ochilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz