Узбек O'zbek
Sampaoli: «Messi milliy jamoadagi omadsizligidan qattiq ranjiydi»
Juma, 26 Aprel
6065

Argentina milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli «Barselona» hujumchisi Lionel Messining xalqaro faoliyati omadli kechmayotgani haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Men jahonning eng yaxshi futbolchisiga ustozlik qilgandim. U tarixdagi eng yaxshisimi-yo‘qmi, buni bilmayman. Chunki hozir uning hisobidagi gollar soni 600tadan oshib ketgan, u barcha rekordlarni yangilagan bo‘lsa ham, milliy jamoaga kelganida tanqidlar ostida qoladi.

Leoning o‘yinlaridan Argentina termasi muxlislari ham «Barselona» fanatlaridek zavqlanishni istaydilar. Messi milliy jamoadagi omadsizliklaridan qattiq tashvishlanadi. U terma jamoada o‘ynaganida o‘zidagi bor qobiliyatini to‘la namoyon eta olmayapti», – degan Sampaolining so‘zlarini keltirdi Goal.

Ma’lumot uchun, 10-raqam egasi Jahon chempionatida bir marta, Kopa Amerikada uch marta kumush medal olgan. U, shuningdek, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi va 2005 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Messi Argentina milliy jamoasining 129ta o‘yinida maydonga tushib, 65ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz