Узбек O'zbek
Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasining OCHLdagi o‘yinini boshqaradi
Payshanba, 25 Aprel
1628

O‘zbekistonlik bir qator hakamlar Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun takliflar olishdi.

O‘FA matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 5-tur doirasidagi «Kavasaki Frontale» (Yaponiya) – «Shanxay SIPG» (Xitoy) uchrashuvini (7 may) Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam - Sherzod Qosimov.

Qayd etish kerak, shanxayliklar tarkibida O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradi. 4-turdan keyin jamoa «H» guruhida 5 ochko bilan ikkinchi, yaponlar esa 4 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami – Janubiy Koreyaning «Ulsan Hyundai» klubida 8 ochko mavjud. 

Shuningdek, 6 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) – «Al-Ayn» (BAA) o‘yiniga Valentin Kovalenko bosh hakam etib tayinlangan. Qanot hakamlari – Andrey Sapenk va Temur Gaynullin, to‘rtinchi hakam ham O‘zbekistondan - Aziz Asimov.

7 mayda Taylandda bo‘lib o‘tadigan «Buriram Yunayted» - «Urava Red Daymonds» (Yaponiya) bahsini esa Ilgiz Tantashev boshqaradi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinov yordam beradi. Ma’lumot uchun, Tantashev «Buriram»ning 2-turdagi «Jeonbuk Motors» bilan o‘yinida ham bosh hakam bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz