Узбек O'zbek
Rossiyadagi axlat poligoni hakam sharafiga nomlandi
Chorshanba, 24 Aprel
2795

Rossiya tarkibiga kiruvchi Boshqirdiston Respublikasining Ishimboy tumanidagi axlat poligoni futbol hakami Vladimir Moskalyov sharafiga nomlandi.

Moskalyov Rossiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Ufa» - «Arsenal» (1:2) o‘yinida ishlagan edi. Bellashuvdan so‘ng, Boshqirdiston vakili hisoblanmish «Ufa» klubi vakillari hakamning ishidan qattiq norozi bo‘lishgandi. Bu o‘yinda Moskalyov «Ufa» futbolchilari 22 marta, «Arsenal» esa atigi 4 marta qoida buzganini qayd etdi.

«Qishlog‘imizdagilar uning hakamligidan qattiq ranjidilar. Shu tufayli axlatxonaga uning nomi berildi, chunki shunga loyiq ish qildi. Biz bunday hakamlikni urush paytidan beri eslolmaymiz. O‘sha vaqtlarda bir boshoq donni uyiga olib kelganlarga otuv hukmi chiqarilar edi! Axlatxonani esa nima deb nomlashni bilmay yurgandik, mana muammo ham yechim topdi. Bunda «Ufa» muxlislari bizga ko‘mak berib yuborishdi», – dedi O‘romn-Beshqadoq qishlog‘i ma’muriyati raisi Amir Safiullin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz