Узбек O'zbek
«Manchester Siti» o‘z transfer rekordini yangilashga tayyorlanmoqda
Seshanba, 23 Aprel
10513

«Manchester Siti» yozda «Atletiko» yarimhimoyachisi Rodrini sotib olib, o‘z transfer rekordini yangilashi mumkin.

The Telegraph tarqatgan xabarga ko‘ra, «shaharliklar» sport direktori Chiki Begiristayn bu mavsum 22 yoshli xavbekning o‘yinlarini bir necha marotaba kuzatgan. Rodri «Siti»da 34 yoshli Fernandinoga o‘rinbosar bo‘lishi kutilyapti. Rahbariyat xaridni jamoa yangi mavsum tayyorgarligini boshlagunga qadar amalga oshirib bo‘lishni istamoqda.

Qayd etilishicha, «Atletiko» ispaniyalik xavbekni 70 mln yevrodan (61 mln funt atrofida) kamiga qo‘yib yubormoqchi emas – u bilan shartnomada aynan shuncha summa keltirib o‘tilgan. Agar transfer mana shu narxda amalga oshadigan bo‘lsa, u holda Rodri «Manchester Siti» tarixidagi eng qimmatbaho xaridga aylanadi. Mankunianliklar 2018 yil yozida «Lester»dan Riyod Mahrezni sotib olishganida bu plankani 60 mln funtga ko‘tarishgandi.

Ma’lumot uchun, Rodri bu mavsum La Liganing 29ta o‘yinida maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz