Узбек O'zbek
Hadson-Odoi yarim yilga safdan chiqdi
Seshanba, 23 Aprel
2899

APLning 35-turidagi «Chelsi»–«Bernli» o‘yinida (2:2) mezbonlar hujumchisi Kallum Hadson-Odoi jarohat oldi.

18 yoshli forvard birinchi bo‘lim oxirida raqib bilan to‘qnashuvda shikastlanib, oqsoqlangan holda maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Pedro Rodriges o‘yinni davom ettirdi.

«Axill payi uzilishi sabab mavsumni yakunlayotganimdan juda afsusdaman. Keyingi mavsumda yana ham kuchliroq bo‘lib maydonga qaytish uchun qattiq harakat qilaman», – deb yozdi Kallum Twitter sahifasida.

Ingliz matbuotining qayd etishicha, odatda bunday turdagi jarohatdan tiklanish uchun taxminan yarim yil vaqt talab etiladi. Bu esa Hadson-Odoi keyingi mavsumning dastlabki qismini ham o‘tkazib yuborishini anglatadi.

Ma’lumot uchun, 20-raqam egasi bu mavsum APLda 10ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi. Yevropa ligasida esa 9ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz