Узбек O'zbek
RPL. "Zenit" 95-daqiqada urilgan gol sabab "Krasnodar"ni mag‘lub etdi
Yakshanba, 21 Aprel
1200

Rossiya chempionati 24-tur markaziy o‘yini nihoyasiga yetdi. 

Unda "Krasnodar" o‘z maydonida "Zenit"ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Maydon egalari safida Ignatev hamda Pereyra 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Rakitskiy o‘z hisobiga bir yozib qo‘ydi hamda Dzyuba dublga erishdi. 

Shu tariqa, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Zenit" ochkolari sonini 51taga yetkazib oldi va eng yaqin ta’qibchisi "Lokomotiv"dan 8 ochko ilgarilab ketdi. 

"Krasnodar" esa 42 ochko bilan 3-pog‘onani band qilib turibdi. 

Krasnodar – Zenit 2:3 (1:1, 1:2)

Gollar: 0:1 – 19 Dzyuba, 1:1 – 25 Ignatev, 1:2 – 69 Rakitskiy, 2:2 – 90 Pereyra, 2:3 – 90 Dzyuba. 

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz