Узбек O'zbek
Bundesligada 0:6 hisobida yutqazgan jamoa bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi
Yakshanba, 21 Aprel
2595

«Shtutgart» Bundesliganing 30-turida «Augsburg« mehmoni bo‘lib, 0:6 hisobida yutqazdi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin klub bosh murabbiyi Markus Vaynsirl ishdan bo‘shatilgan.

Shtutgartliklar oxirgi 4ta o‘yinning 3tasida mag‘lub bo‘lishdi. Jamoa hozir 16-o‘rinda bormoqda, agar mavsum yakunigacha yuqoriga ko‘tarila olmasa, Bundesligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun o‘tish o‘yinlarida qatnashishiga to‘g‘ri keladi.

Bungacha klubning yoshlar jamoasini boshqarib kelgan Niko Villig vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan.

Qayd etish kerak, bu «Shtutgart»ning joriy mavsumdagi ilk marta bosh murabbiyni almashtirishi emas. Klub oktyabr oyida turkiyalik Tayfun Korkutni 9 oylik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqarib, o‘rniga Markus Vaynsirlni tayinlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz