Узбек O'zbek
Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyada ilk golini urdi
Shanba, 20 Aprel
1905

Janubiy Koreyaning Key Liga 2 musobaqasida 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Rustam Ashurmatov to‘p tepadigan «Guangju» klubi o‘z maydonida Javlon Ibrohimovning «Suvon Siti» klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlarning ilk goli hamyurtimiz nomiga yozildi. U 13-daqiqada Janubiy Koreyadagi gollari hisobini ochdi. Javlon Ibrohimov jamoasining qaydnomasiga kiritilmadi.

Bu natijadan so‘ng, «Guangju» 15 ochko bilan 1–o‘rinda, «Suvon Siti» esa 8 ochko bilan 6–o‘rinda bormoqda. 

Janubiy Koreya, Key Liga 2 
7-tur, 20 aprel
«Guangju» - «Suvon Siti» 2:1
Gollar: Ashurmatov (13), Felipe (44 pen) – Egbuchunam (74)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz