Узбек O'zbek
RPL. «Rostov» kutilmaganda yirik hisobda yutqazdi, Shomurodov jarohat oldi
Shanba, 20 Aprel
2607

Rossiya Premer-Ligasining 24-turida «Rostov» safarda «Orenburg» bilan o‘ynadi.

O‘yin mezbonlarning tashabbusi ostida o‘tdi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.

«Orenburg» tarkibida Vadim Afonin zaxirada qoldi. «Rostov» safida Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushib, so‘nggi daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.

Bu natijadan so‘ng, «Orenburg» 35 ochko bilan 6-o‘rinda, «Rostov» esa shuncha ochko 7-o‘rinda bormoqda. 

RPL, 24-tur
Orenburg – Rostov 3:0 (1:0, 2:0)

20 aprel, «Gazovik» stadioni 
Gollar: 1:0 – 41, avtogol Normann, 2:0 – 60 Galajan, 3:0 – 90 Chirkin. 
Orenburg – Dovbnya, Oyevole, Begich (Shaxov, 58), Andreyev (Sivakov, 29), Sutormin, Mishkich, Breyev (Chirkin, 23), Popovich, Chukanov, Despotovich, Galajan.
Rostov – Pesyakov, Novoselsev, Sigurdsson, Logashov (Zuyev, 60), Chernov, Yeremenko, Glebov, Normann, Mevlya, Sigurdarson (Popov, 67), Shomurodov (Zaynutdinov, 90).
Ogohlantirishlar: Normann (39), Chukanov (81), Novoselsev (82).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz