Узбек O'zbek
«Real» Yovich transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlamoqda
Juma, 19 Aprel
839

«Real» va «Ayntraxt» klublari hujumchi Luka Yovich transferi bo‘yicha muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida, deb xabar bermoqda AS.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, xarid summasi 50-60 mln yevroni tashkil etmoqda. Ushbu summadan 20 foizi Lukaning sobiq klubi «Benfika»ga tegishli bo‘ladi.

Qayd etilishicha, «Real» serbiyalik hujumchi uchun kurashda «Bavariya»ni ortda qoldirgan. Unga «Barselona» ham befarq emasligi aytib kelingan, ammo o‘tgan hafta kataloniyaliklar bu raqobatdan chiqishgani xabar qilingandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Yovichning transferi munosabati bilan «Real» «Rayo Valekano»da ijara asosida o‘ynayotgan hujumchisi Raul de Tomasni ortga qaytarmaydigan bo‘lgan. Bungacha 24 yoshli ispan Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rib kelinayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni «Ayntraxt» Luka Yovichning transfer huquqini «Benfika»dan sotib olganini e’lon qilgandi. 21 yoshli hujumchi  Lissabondan Frankfurtga 2017 yil yozida ijara asosida ko‘chib o‘tgandi.

8-raqam egasi bu mavsum Bundesliganing 27ta o‘yinida 17+5, Yevropa ligasining 12ta bahsida 8+1 mahsuldorlik natijasiga erishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz