Узбек O'zbek
Video: Lorentening goli qo‘l bilan urilganmidi?
Payshanba, 18 Aprel
7654

Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichi doirasida «Manchester Siti» va «Tottenhem Hotspur» o‘rtasida kechgan javob uchrashuvidagi hal qiluvchi vaziyatlardan biri 73-daqiqada ro‘y berdi.

Tripper chap qanotdan raqib jarima maydoniga to‘p uzatdi va to‘p borgan nuqtada londonliklar hujumchisi Fernando Lorente paydo bo‘lib, beli bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

O‘yin bosh hakami Junayt Chaqir bir necha daqiqa davomida ushbu vaziyatning videotakrorini kuzatdi va yakunda golni hisobga olishga qaror qildi.

Qayd etish kerakki, agar to‘p darvozaga bormaganida bu vaziyatda hakam «Man Siti» darvozasiga penalti qo‘yishi kerak bo‘lardi, chunki to‘pga oldinroq mezbonlar himoyachisi Emerik Lyaport qo‘li bilan tegingandi.

O‘yindan keyingi intervyusida «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Lorentening goli qo‘l bilan urilganini aytib o‘tgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust