Узбек O'zbek
Video: Chaqir «Siti»ning qo‘shimcha daqiqalardagi golini VAR yordamida bekor qildi
Payshanba, 18 Aprel
12079

Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Manchester Siti» va «Tottenhem Hotspur» o‘rtasida kechgan javob uchrashuvining qo‘shimcha daqiqalari dramatik kechdi.

Maydon egalari o‘yinga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada beshinchi golni urib, kerakli natijaga erishishlari va yarimfinalga yo‘l olishlari mumkin edi, ammo o‘yinni boshqarib borgan turkiyalik hakam Junayt Chaqir videotakrorni ko‘rib chiqqanidan keyin Rahim Sterlingning golini bekor qildi. Hakam bu vaziyatda «Manchester Siti» hujumchisi Bernardu Silva orqali rikoshet bo‘lib kelgan pasni qabul qilgan Serxio Aguero ofsaydda qolgan, deb topdi.

Qayd etish kerakki, Chaqir bu o‘yinda «shaharliklar» darvozasiga urilgan uchinchi golda ham videotakrorga murojaat qildi, lekin u VAR yordamida Lorentening goli qo‘l bilan emas, bel bilan urilgan deb topib, golni hisobga olgandi.

Birinchi o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan «Tottenhem» safardagi 3:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramasdan, Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqdi. Londonliklar yarimfinalda «Ayaks»ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz