Узбек O'zbek
Reshford «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti
Payshanba, 18 Aprel
2464

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford klub bilan yangi shartnoma imzolashni kechiktirmoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi haftasiga 200 ming funt maosh va asosiy tarkibdan kafolatlangan o‘rin talab qilyapti.

21 yoshli Reshfordning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan, uning maoshi esa haftasiga 80 ming funtga teng.

Mish-mishlarga qaraganda, uning xizmatiga «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Reshford «Manchester Yunayted» tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz