Узбек O'zbek
Gvardiola fojiasi aks etgan foto: Quvonch va alam orasidagi 30 soniya
Payshanba, 18 Aprel
14456

Katta o‘yinlarda istalgan voqealarni kutish mumkin.

Buyuk himoyachilarning bolalarcha xatolari.

Gollar yomg‘iri.

VAR.

Va Xosep Gvardiolaning fojiasi.

2012 yilda u barcha sovrinlarni yutib bo‘lgach, buyuk «Barselona»dan ketgandi. O‘shandan buyon u Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmay kelmoqda. U kuchli «Bavariya» va qudratli «Manchester Siti» bilan yo‘lidagi barcha raqiblarni yakson etdi, ammo Chempionlar ligasida omadsizlikka uchrayverdi.

«Tottenhem»ga qarshi o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisida Eriksen o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida to‘p uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi, u tepgan to‘p Bernardo Silvaga tegib londonliklar jarima maydoniga qaytdi, to‘pni egallab olgan Serxio Aguero darvoza qarshisida turgan Rahim Sterlingni topdi va angliyalik hujumchi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi. «Tottenhem» himoyachilari gazonga qulashdi, «Manchester Siti» futbolchilari quvonchdan osmonga sapchishdi. Ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi, videotakrorga murojaat qilgan o‘yin hakami Junayt Chaqir Aguero Silvadan kelayotgan to‘pni qabul qilayotganida ofsaydda bo‘lgan deb topdi va golni bekor qildi. Baxtiyorlik bilan qayg‘uli fojianing orasi 30 soniya bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

06.08
Avgust