Узбек O'zbek
Rossiya Portugaliya prokuraturasidan Football Leaks asoschilaridan biri haqida ma’lumot so‘radi
Seshanba, 16 Aprel
1458

Rossiya hukumati Portugaliya rasmiylaridan Football Leaks sayti asoschilaridan biri ekani aytiladigan Ruy Pintu haqida ma’lumot berishni so‘rab maktab yo‘lladi. Bu haqda The Portugal News mamlakat bosh prokuraturasiga asoslangan holda xabar bermoqda.

Ruy Pintu 16 yanvar kuni o‘zi yashab kelgan Budapeshtda hibsga olingan va 21 martda Portugaliyaga ekstraditsiya qilingan. U Lissabonning «Sporting» klubi va  Doyen Sports investitsion fondining kompyuter tizimlariga noqonuniy kirganlikda, shuningdek, sir saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni (shu jumladan, futbolchilar bilan shartnomalarni ham) ommaga oshkor qilishda ayblanmoqda.

Qayd etilishicha, rus hukumati 30 yoshli xakerni qator jinoyatlarda ayblamoqda. Unga Belgiya, Fransiya va Niderlandiya huquqni muxofaza qiluvchi organlari ham befarq emas, ammo ular Rossiyadan farqli tarzda, Pintu bilan o‘z mamlakatlarida sodir etilgani gumon qilinayotgan soliqqa oid firibgarlik jinoyatlarini fosh qilishda hamkorlik qilish niyatidalar.

Ma’lumot uchun, Football Leaks 2015 yilda ochilgan sayt bo‘lib, u Yevropa sportidagi moliyaviy qing‘irliklarni oshkor qila borishi bilan nom qozongan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz