Узбек O'zbek
«Kardiff» Sala transferi uchun «Nant»ga bir sent ham to‘lamoqchi emas
Seshanba, 16 Aprel
3059

«Kardiff» klubi argentinalik hujumchi Emiliano Sala xaridi bo‘yicha «Nant»ga hech qancha pul to‘lamoqchi emasligini FIFAga ma’lum qildi, deb yozadi BBC. 28 yoshda bo‘lgan futbolchi qishki transfer oynasi vaqtida kardiffliklar klubi uchun rekord qiymatda - 15 mln funtga transfer qilingan, ammo 21 yanvarda Nantdan Uelsga parvoz vaqtida halokatga uchrab, vafot etgandi.

Manba xabariga ko‘ra, «Kardiff» yuristlari Sala xaridi rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmaganini da’vo qilishmoqda. Shuningdek, klubning FIFAga bildirishicha, «Nant» vakillari bu masala bo‘yicha shaxsan uchrashuv o‘tkazish takliflarini doimiy ravishda rad etib kelmoqda. Shu boisdan uelsliklar jahon futbolining bosh tashkilotidan transferni amalga oshmagan deb hisoblashni so‘rashyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BCC Sala halokatga uchragan samolyotnining uchuvchisi daltonik bo‘lgani, shu boisdan unga kechasi parvozni amalga oshirishi taqiqlangani haqida xabar bergandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz