Узбек O'zbek
«Lill» prezidenti Nikolya Pepe yozda klubdan ketishini ma’lum qildi
Dushanba, 15 Aprel
2561

«Lill» prezidenti Jerar Lopesdan hujumchi Nikolya Pepening klubdagi kelajagi haqida so‘rashdi.

«Yozda to‘rt yoki besh futbolchi safimizni tark etadi. Pepening ketishi aniq. U bizning qurbimiz yetmaydigan darajadagi o‘yinchiga aylanib ulgurdi. Tanlov uning ixtiyorida», – degan Lopesning so‘zlarini keltirmoqda L’Equipe.

23 yoshli ivuarlik vingerga «Bavariya», «Barselona», «Pari Sen-Jermen» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. OAV uning uchun raqobatda Myunxen klubini favorit sifatida ko‘rsatyapti.

Nikolya Pepe bu mavsum birinchi divizionning 32ta turida qatnashib, o‘z hisobiga 19ta gol (ulardan 8tasi penaltidan) va 11ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz