Узбек O'zbek
Joau Felish qaysi klubga o‘tishni xohlayotgani ma’lum qilindi
Dushanba, 15 Aprel
21349

«Benfika» hujumchisi Joau Felish o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan «Yuventus»ga o‘tishga rozi, deb xabar tarqatdi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli portugal unga befarq bo‘lmagan «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Real» klublaridan ko‘ra «Yuventus» loyihasiga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Joauning agenti Jorje Mendesh va «Yuve» rahbariyati o‘rtasida iliq munosabatlar mavjud. Agent «Benfika» bilan shartnoma uzaytirilishiga qarshi bo‘lmoqda. Bitimda Felishning transfer qiymati 120 mln yevro deb ko‘rsatilgan, ammo Lissabon klubi kelishuvni yangilash orqali bu miqdorni 200 millionga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Benfika» Felish transferi yuzasidan turinliklar klubining 75 mln yevrolik taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Joau «Portu» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U portuliklar akademiyasida 7 yil shug‘ullanib, so‘ng poytaxtga yo‘l olgan va «Benfika» tarkibiga qo‘shilgan. Professional futboldagi debyuti shu mavsum boshiga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar Portugaliya chempionatining 21ta o‘yinida 11ta gol va 6ta samarali uzatma muallifi bo‘lgan.

«Yuventus» «Yangi Ronaldu»ni qo‘lga kiritish uchun Dibalani sotib yubormoqchi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz