Узбек O'zbek
RPL. SSKA kutilmaganda «Orenburg»ga yutqazdi va boshqa natijalar
Shanba, 13 Aprel
1369

Rossiya Premer-Ligasida SSKA o‘z maydonida «Orenburg»ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazdi. Mezbonlar 25-daqiqadan boshlab, bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynadilar. Himoyachi Fernandes ikkita sariq karta olib, maydondan chetlatilgan edi. «Orenburg» esa bundan unumli foydalanib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz Vadim Afonin bu o‘yinda zaxirada qoldirildi. 

Bu natijadan so‘ng, SSKA 40 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi, «Orenburg» esa 32 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

RPL, 23-tur
13 aprel

Yenisey – Ufa 0:0 

SSKA – Orenburg 2:3 
Gollar: 1:0 – 14 Oblyakov, 1:1 – 18 Oyevole, 1:2 – 24 Sutormin, 2:2 – 32 Ernandes, 2:3 – 54 Despotovich. 
Chetlatish: Fernandes (25, SSKA).

Arsenal Tula – Ural 0:0 
Chetlatish: Merkulov (76, Ural).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz