Узбек O'zbek
«MYU» 36 mln yevroga markaziy himoyachi topdi
Shanba, 13 Aprel
8821

«Manchester Yunayted» «Roma» himoyachisi Kostas Manolasni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 27 yoshli yunon uchun uning rimliklar bilan shartnomasida ko‘rsatilgan summa – 36 mln yevroni to‘lashga tayyor.

O‘z navbatida, «Roma» mavsum yakuniga ko‘ra YeCHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan taqdirdagina Manolasni sotishga rozi bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasidagi bitim 2022 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Kostas bu mavsum «bo‘rilar»ning 31ta o‘yinida qatnashib, 2ta gol urdi. Jamoa A Seriya yakuniga 7ta tur qolganda 6-o‘rinda bormoqda, to‘rtinchi o‘rindagi «Milan» bilan oradagi farq bir ochkoga teng.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz