Узбек O'zbek
«Barselona»ning de Ligt bo‘yicha «Ayaks»ga taklifiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Shanba, 13 Aprel
7372

«Barselona» himoyachi Matteys de Ligt bo‘yicha «Ayaks»ga taklif tayyorlamoqda, deb yozadi Sport.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barsa» 19 yoshli futbolchi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor, Shuningdek, taklif xatida bu miqdor barcha turdagi bonuslar hisobiga oshirilishi mumkinligi qayd etib o‘tiladi.

«Ko‘k-anorranglilar» de Ligtning o‘zi bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishmoqchi. Uning maoshi Frenki de Yongniki bilan teng bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Frenkining xaridi qishda rasmiylashtirib bo‘lingan, u mavsum yakunida Barselonaga ko‘chib o‘tadi.

Avvalroq, Amsterdam klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa sardori yozda klubni tark etishini tasdiqlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz