Узбек O'zbek
«Tottenhem» mavsumni Harri Keynning yordamisiz yakunlaydigan bo‘ldi
Juma, 12 Aprel
2648

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn jarohat tufayli 3 oygacha bo‘lgan muddatga safdan chiqdi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Shu tariqa, «shporlar» mavsumni jamoa sardorining yordamisiz yakunlaydigan bo‘ldilar. Qolaversa, 5-9 iyun kunlari UEFA Millatlar ligasining final bosqichida qatnashadigan Angliya milliy jamoasi ham Keynning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli forvard 9 aprelda YeCHL chorak finalining «Manchester Siti»ga qarshi dastlabki o‘yinida shikastlangandi. Kecha «Tottenhem» matbuot xizmati Harrining chap oyog‘i tizzasidan jarohat olganini ma’lum qilgan, ammo sog‘ayishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi keyingi to‘liq tibbiy ko‘rik natijasida aniqlanishini bildirgandi.

O‘sha o‘yinda chap qo‘lidan lat yegan Dele Alli borasida hozircha ma’lumot yo‘q.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz