Узбек O'zbek
«Match TV» Angliya Premer-Ligasini namoyish qilish huquqini yo‘qotdi
Payshanba, 11 Aprel
5990

Rossiyaning Okko onlayn-kinoteatri Angliya Premer-Ligasi 2019/20 mavsumi o‘yinlarini namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi «Lenta.ru».

Rambler Group sport loyihalari tarkibiga kiruvchi Okko onlayn-kinoteatri 7 million yevro evaziga dunyoning eng nufuzli futbol ligasi o‘yinlarini eksklyuziv ravishda namoyish qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. 

Bu esa kelasi mavsumda boshlab, «Match TV» orqali APL o‘yinlarini tomosha qilish imkoniyati yo‘qolganini anglatadi.

Okko servisi 2011 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda uning kontentini eng asosiy platformalar: Smart TV, mobil ilovalar, Apple TV va PlayStation orqali tomosha qilish imkoniyati mavjud. 

APL o‘yinlarini Okko servisi orqali faqat Rossiya hududida va pullik asosda tomosha qilish mumkin. Hozircha uning narxi qanday bo‘lishi ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik muxlislar APL o‘yinlarini Uzreport TV orqali bepul va Uzdigital TV orqali pullik asosda legal ko‘rish imkoniyatiga ega. Shuningdek, «sharing» servisi orqali nolegal ko‘rish holatlari ham keng tarqalgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz