Узбек O'zbek
Reshfordning maoshi 3,5 barobardan ham ko‘proqqa oshiriladi
Chorshanba, 10 Aprel
3238

Hujumchi Markus Reshford «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, 21 yoshli futbolchi «qizil iblislar» mutasaddilaridan maoshini sezilarli oshirishlarini so‘ragan. Besh yil muddatga tuziladigan yangi bitimga asosan, Markusning maoshi yiliga 15,8 mln funt (18,3 mln yevro) yoki haftasiga esa 300 ming funt (348 ming yevro)ga teng bo‘lishi kutilyapti. Unga hozirda haftasiga 80 ming funt ish haqi to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Reshford «Yunayted»ning o‘z tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 2016 yilda debyut qilgan. Hujumchi bu mavsumda APLning 27ta o‘yinida maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist muallifi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz