Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayev ustidan sud boshlandi
Seshanba, 09 Aprel
2147

9 aprel kuni Moskva shahrining Presnya sudida «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy ustidan sud mahkamasi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edilar. Keyinchalik, tergov ishlari yakunlanmagani uchun hibs muddati 3 marta - 8 fevralga, 8 aprelga va 25 sentyabrga qadar uzaytirilgan edi.

Dastlabki sud mahkamasida futbolchilar o‘z aybini qisman tan olishdi.

Xususan, Kokorin bezorilik qilmaganini, Minpromtorg mulozimi Denis Pakni urganini, ammo haydovchi Vitaliy Solovchukka qo‘l tekkizmaganini aytgan. Mamayev ham bezorilik qilmaganini, Denis Pak va «NAMI» mulozimi Sergey Gaysinni urmaganini, ammo Vitaliy Solovchukka musht tushirganini tan olgan.

Ularga nisbatan jinoyat ishi «bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik harakatini amalga oshirish» va «tan jarohati yetkazish» moddalari bo‘yicha ochilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz