Узбек O'zbek
Italiyada futbol o‘yini paytida muxlislar baliq ovlashdi
Seshanba, 09 Aprel
882

7 aprel kuni Italiya D Seriyasidan o‘rin olgan «Redjio» - «Modena» (0:0) o‘yinida qiziq voqea yuz berdi. 

Mehmon jamoaning muxlislari bellashuv paytida baliq ovlashdi, deb xabar beradi HooligansTV.

Gap shundaki, stadion tribunalarini maydondan chuqur o‘ralar ajratib turadi. Bu xavfsizlik choralari doirasida, ya’ni muxlislarning maydonga tushib ketishining oldini olish maqsadida qilingan. Yog‘ingarchiliklar natijasida o‘rada suv to‘planib qolgan va unda baliqlar paydo bo‘lgan. Buni sezib qolgan muxlislar o‘yinning zerikarli o‘tayotganidan foydalanib, qo‘lbola qarmoq yasab, baliq tutishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ma’lumot o‘rnida, D Seriya jadvalida «Modena» ikkinchi, «Redjio» esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz