Узбек O'zbek
«Fiorentina» bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Seshanba, 09 Aprel
887

«Fiorentina» klubi bosh murabbiy Stefano Pioli bilan xayrlashdi.

Direktorlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng, mutaxassis bilan imzolangan bitim o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Hozircha jamoani kim boshqarishi ma’lum emas.

A Seriyaning so‘nggi turida «Fiorentina» o‘z maydonida autsayderlardan biri «Frozinone»ga 0:1 hisobida yutqazgan edi. Natijada, jamoa yevrokuboklar yo‘llanmasini beruvchi 6-o‘rindan 10 ochko ortda qolib, 10-o‘ringa tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli mutaxassis 2017 yilda «Fiorentina» bosh murabbiyi qilib tayinlangan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz