Узбек O'zbek
Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyini mashina urib yubordi
Seshanba, 09 Aprel
3398

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Malorkada YTH ishtirokchisiga aylandi. Bugun, 9 aprel kuni velosipedda ketayotgan murabbiyni mashina urib yuborgan.

Diario de Mallorca`ning yozishicha, Skaloni turlicha jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, ko‘p o‘tmay unga javob berilgan. U bir necha daqiqa oldin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ushbu suratni joyladi:

Ispan OAVning yozishicha, hodisa taxminan soat 10:00 atrofida maktab avtoturargohida ro‘y bergan. Haydovchi mashinani ortga haydayotib, velosipeddagi Skalonini urib yuborgan, oqibatda u yerga boshi bilan yiqilgan.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Skalonini urib yuborgan haydovchi unga begona inson emas, o‘z tanishi bo‘lgan. U buni ataylab qilmagani aytilmoqda. Ayni paytda politsiya mazkur hodisani tekshirmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz