Узбек O'zbek
Roberto Manchini 2018 yildagi eng yaxshi italiyalik murabbiy deb topildi
Juma, 05 Aprel
3506

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini har yili an’anaviy tarzda eng yaxshi italiyalik murabbiyga topshiriladigan Enso Bearzot nomidagi mukofotni qabul qilib oldi.

Manchini ushbu e’tirof uchun kurashda «Milan» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo va «Atalanta» ustozi Jan Pero Gasperinini ortda qoldirgan.

«Bu men uchun katta sharaf. Boisi Enso 1984 yilda menga ilk marta Italiya milliy jamoasida o‘ynash imkonini bergan edi», – degan Manchinining so‘zlarini keltirmoqda Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

54 yoshli mutaxassis Italiya milliy jamoasiga 2018 yil may oyida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U bir yil ichida 11ta o‘yin o‘tkazib, 5ta g‘alaba, 4 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Enso Bearzot «skuadra adzurra»ni 1982 yilda jahon chempionligi sari boshlab borgan. U italyanlar milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiy sanaladi. Uning qo‘l ostida (1975-1986) jamoa  104ta o‘yinda maydonga tushgan va 51ta g‘alaba, 28ta durang va hamda 25ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Enso Bearzot nomidagi mukofot 2011 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uning sohibi sportga ixtisoslashgan italyan nashrlari vakillaridan iborat hay’at tomonidan aniqlanadi. Hozirga qadar quyidagi mutaxassislar e’tirof sohibi bo‘lgan:

2011: Chezare Prandelli – Italiya milliy jamoasi
2012: Valter Madzarri – «Napoli»
2013: Vinchenso Montella – «Fiorentina»
2014: Karlo Anchelotti – «Real»
2015: Massimiliano Allegri – «Yuventus»
2016: Klaudio Raneri – «Lester Siti»
2017: Mauritsio Sarri – «Napoli»
2018: Eusebio Di Franchesko – «Roma»

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz