Узбек O'zbek
«Inter»ning sobiq rahbari jamoaning ikki yetakchisi yozda klubdan ketishini aytdi
Juma, 05 Aprel
3343

«Inter» a’zolari Mauro Ikardi va Ivan Pereshich mavsum yakunida jamoani tark etadi, deya ishonch bilan gapirdi klubning sobiq rahbari Jiji Simoni.

«Natijaga erishishimiz uchun jamoadagilarda o‘zaro uyg‘unlik bo‘lishi kerak. Agar kiyim almashtirish xonasida muammo bo‘lsa, bu holda g‘alaba qozonish imkonsiz.

Bugungi kunda futbolchilar anchagina «xudbinlashib ketishgan». Ular avvalo o‘zlarining, shundan keyin klubning manfaatini o‘ylashadi. Menimcha, «Inter»dagilar hammasini joy-joyiga qo‘yishda anchagina qiynalishadi.

Klubning urinishlari yolg‘iz o‘zi qolib ketgan murabbiyni himoya qilish uchun kerak edi. Ichki muhit borasida muammo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, o‘ylaymanki, mavsum yakunida Ikardi ham, Perishich ham jamoani tark etadi», – deb Simonining so‘zlarini keltirdi FC Inter News.

Ma’lumot uchun, Ikardi shu hafta ikki oylik mojaroli tanaffusdan keyin ilk marta maydonga tushib, penaltidan «Jenoa» darvozasini ishg‘ol qildi. U A Seriyaning bu mavsumida 21ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Perishich esa chempionatda 26ta bahsda qatnashib, 5+3 samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz