Узбек O'zbek
«Monako»da bosh murabbiy va sport direktori nizolashib qoldi
Payshanba, 04 Aprel
1669

«Monako» klubida bosh murabbiy Leonardu Jardim va sport direktori Maykl Emenalo o‘rtasida nizo kelib chiqqan, deb xabar tarqatdi Le 10 Sport.

Manbada aytilishicha, portugaliyalik murabbiy va nigeriyalik funksioner o‘rtasidagi ziddiyat jamoa yakshanba kuni o‘z uyida «Kan»ga yutqazganidan (0:1) keyin kelib chiqqan. O‘sha o‘yindan so‘ng Emenalo kiyim almashtirish xonasiga kirgan, bu esa Jardimni qattiq g‘azablantirgan.

Ayni paytda bosh murabbiy hozirgi sport direktori bilan birga ishlashda davom etishni xohlamayotgani aytilmoqda. Ammo klub masalaning moliyaviy taraflari tufayli Emelanoni iste’foga chiqarishi ehtimoli kam. «Monako» yanvar oyida bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarilgan Terri Anriga tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgandi.

Monegaskliklar klubi Fransiya chempionati yakunlanishiga 8ta tur qolganda 16-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz