Узбек O'zbek
Pele Mbappening kamchiliklarini sanab o‘tdi
Chorshanba, 03 Aprel
10053

Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe haqida iliq fikrlarni aytdi.

«Mbappe hali futbol qiroli emas. Bunga erishish uchun ko‘p sinovlardan o‘tishi kerak. Ammo u hali juda yosh va o‘z yo‘lini endi boshladi.

Unga jismoniy holatini maromida ushlab turishni maslahat bergan bo‘lardim. Uning texnikasi yaxshi, biroq, jismoniy holat zamonaviy futbolchi uchun juda muhim omil.

Unga nima yetishmayapti? Boshi bilan o‘ynash, havodan zarba berish, shuningdek dinamika. Ikkimizning oramizdagi farqlar shu. Men juda tezkor edim, baland sakrab, bosh bilan ko‘plab gollarni urardim.

Mbappe «PSJ»ni tark etishi shartmi? Yo‘q. O‘zim bilan taqqoslaydigan bo‘lsam, Pele dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hech qachon «Santos»ni tark etmagan», - dedi Pele.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz