Узбек O'zbek
Moyze Kin to‘rtta o‘yindan buyon uzluksiz gol urmoqda
Chorshanba, 03 Aprel
2579

«Yuventus» hujumchisi  Moyze Kin A Seriyaning 30-turida ham maydonni golsiz tark etmadi. U mehmonda «Kalyari» darvozasini ishg‘ol etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 2:0.

19 yoshli hujumchi A Seriyaning bu mavsumida 6ta o‘yinda qatnashib, 4ta gol urishga erishdi. U 9 martda «Udineze» bilan bahsda dubl qayd etdi, 30 mart kuni «Empoli» va kecha, 2 aprelda «Kalyari» darvozasini bir martadan ishg‘ol etdi.

Milliy jamoa miqyosidagi o‘yinlarni ham qo‘shganda, Moyze Kin oxirgi 4ta o‘yinda bittadan gol urib kelmoqda. U mart oyidagi FIFA kunlarida Italiya milliy jamoasi safida Finlyandiya va Lixtenshteynga qarshi Yevro-2020 saralash o‘yinlarida qatnashgan va har ikki o‘yinda bittadan gol muallifi bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Kin A Seriyada 2016 yil noyabrida debyut qilgan, o‘sha mavsumda «Yuve»ning chempionatdagi uchta bahsida ko‘rinish bergandi. O‘tgan mavsumni esa Moyze «Verona»da ijara asosida o‘tkazdi va Italiya chempionatining 19ta o‘yinida qatnashib, ularning 12tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4ta gol urdi.

Qayd etish kerak, Kalyaridagi kechagi o‘yin davomida mezbon jamoa muxlislari tomonidan Moyze Kin va Blez Matyuidiga nisbatan irqiy kamsitishlar kuzatildi. Moyze gol urgach, golini ana shu muxlislarga namoyishkorona nigoh tashlash bilan nishonladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz