Узбек O'zbek
Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga borgan Pokiston milliy jamoasi Argentinadan deport qilindi
Chorshanba, 03 Aprel
8360

Futzal bo‘yicha Pokiston milliy jamoasi milliy xavfsizlik masalalari tufayli Argentinadan deport qilindi. Jamoa Xalqaro futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan jahon chempionatida qatnashish uchun ushbu mamlakatga kelgandi.

«Jamoaning 7 nafar a’zosi Dubayda ushlandi, qolganlar Eseysa aeroportiga (Argentinadagi eng yirik xalqaro aeroport – tahr.) yetib kelishganidan so‘ng deport qilindi. Argentina Tashqi ishlar vazirligi milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ularga viza berishni rad etdi», – deyiladi Argentina futzal konfederatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

Pokistonlik futzalchilar bilan bog‘liq voqea chempionat start olishiga 48 soatdan kamroq vaqt qolgan paytda ro‘y bergan, shuning uchun ularning o‘rniga turnirda boshqa jamoa ishtirok etmaydigan bo‘lgan. Avvalroq Kanada milliy jamoasi hech qanday tushuntirishlarsiz musobaqada qatnashmasligini bildirgan, ularning o‘rnini AQSH futzal jamoasi egallagandi.

31 mart kuni boshlangan Jahon chempionati 7 aprelda nihoyasiga yetadi. Unda 15ta jamoa kurashga kirishgan. Pokistonning ishtiroki bekor qilingach, musobaqada Osiyodan faqat Nepal milliy jamoasi qoldi. Ishtirokchilar orasida Kataloniya ham bor. Kataloniyaliklardan tashqari, Yevropa nomidan Fransiya va Italiya, shuningdek Afrikada joylashgan Marokash futzalchilari qatnashmoqda.

Qayd etish kerak, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi bayrog‘i ostida o‘tuvchi ushbu musobaqa FIFA tomonidan tan olinmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz