Узбек O'zbek
«Real» nishonidagi Fekir «Lion» prezidentini ketishiga ko‘ndirdi
Seshanba, 02 Aprel
5519

«Lion» hujumchisi Nabil Fekir va yarimhimoyachi Tanguy Ndombele katta ehtimol bilan yozda boshqa klubga yo‘l olishadi, deb xabar bermoqda L’Equipe.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoaning 25 yoshli sardori Fekir «olimpiyachilar» prezidenti Jan-Mishel Olas bilan «jentlmenlik kelishuvi»ni tuzgan.

OAVdagi xabarlarga ko‘ra, Fekirga «Real», xususan Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi savollarga aniq javob bermay keladi.  Uning bitimi kelasi yil yozda nihoyasiga yetadi.

Ndombelega esa asosiy talabgor sifatida «Manchester Siti» tilga olinmoqda. 22 yashar Tanguyni «shaharliklar» 33 yoshli braziliyalik Fernandinoning o‘rinbosari sifatida ko‘rishyapti.

Ma’lumot uchun, Nabil bu mavsum «Lion»ning 32ta o‘yinida maydonga tushib, 19ta golda bevosita qatnashdi (12+7). Ndombele esa 40ta uchrashuvda 2ta gol va 7ta assist muallifi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz